Pep Gvardiola so'nggi yillarda Chempionlar ligasi qanday o'zgargani haqida gapirdi.
"Chempionlar ligasi tobora qiyinlashib bormoqda. "Barselona"ga kelganimda menda shunday tuyg'u bor edi: biz yarim finalga chiqamiz. Endi yarim finalga chiqish juda qiyin. Jamoalar va murabbiylar yaxshilanmoqda. Men futbolchi bo'lgan paytimga qaraganda hozir hammasi qiyinroq. Lekin eng yaxshi jamoalar doim oldinga chiqadi.
- "Manchester Siti" bilan Chempionlar ligasida g'alaba qozonish "Barselona"ga qaraganda kattaroq yutuqmi?
- Yo'q, bunday demagan bo'lardim - bu "Barselona" bilan erishgan yutuqlarimizni kamsitadi. Bu kubok avvalgilaridan yaxshiroq deb aytmayman. Har bir daqiqa o'zgacha.
"Barselona" va "Bavariya"da ishlaganimda, har bir qo'lga kiritilgan unvon boshqalardan farq qiladi deb o'yladim. Ular o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. Har bir qadam juda qiyin va uni kerakli vaqtda qo'yish kerak", - dedi "Manchester Siti" bosh murabbiyi.
5-Mart 2024,20:50