"Barselona", "Sevilya" va Xorvatiya terma jamoasining sobiq hujumkor yarim himoyachisi, hozirda Saudiyaning "Ash-Shabab" klubida to'p tepayotgan Ivan Rakitich "Real" prezidenti Florentino Peresning siyosati haqida fikr bildirdi.
"Men bu mavsumda "Real"ning ustunligi haqida gapirmayapman, lekin ular kuchli jamoaga ega bo'lish va bir necha yil davomida jahon miqyosida etakchilik qilish uchun hamma narsani qilishmoqda.
Men buni katta hurmat bilan aytaman, chunki u ko'p yillar davomida mening raqibim bo'lib kelgan, ammo Florentino Peres nimalarga erishganini ko'rib, "bravo!" deyman. Ular xohlagan narsalarini olishadi. Ularning albatta o'ziga xos rejasi bor.
Prezidentlar har doim ham hamma narsani to'g'ri qilishmaydi, lekin Peresning qarorlari to'g'ri va asosli.
Men futbolchilarning transferlari, stadion, klub imiji va umuman, uni o'rab turgan barcha narsalar haqida gapiryapman.
Uni tabriklash mumkin", - deya Rakitichning so'zlarini keltirmoqda Marca.
10-Mart 2024,07:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0