Dani Alves vakillari futbolchining o'z joniga qasd qilgani haqidagi xabarlarni rad etishdi.
Braziliyalik jurnalist Paulo Albukerke ijtimoiy tarmoqlarda "Barselona" va Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Dani Alves o'z joniga qasd qilganini aytdi.
TNT Sports jurnalisti Marselo Bexlerning xabar berishicha, futbolchining vakillari uning advokatiga tayanib, bu mish-mishlarni rad etishgan.
Avvalroq prokuratura Alvesga nisbatan zo'rlash ishi bo'yicha chiqarilgan hukmni qattiqlashtirish maqsadida apellyatsiya shikoyati berishi ma'lum bo'lgan edi.
Dani tungi klubda qizni zo'rlaganlikda aybdor deb topilib, 4,5 yil qamoq va yana 5 yil sinov muddatiga hukm qilindi. Shuningdek, u jabrlanuvchiga 150 ming evro to'lashga va 9,5 yil davomida unga yaqinlashmaslikka majbur. Futbolchi tomoni qaror ustidan apellyatsiya berdi.
Dani Alves 2008 yildan 2016 yilgacha va 2021 yildan 2022 yilgacha "Barselona"da o'ynagan. Umumiy hisobda u Kataloniya klubi safida 408 ta o'yin o'tkazib, 23 ta sovrinni qo'lga kiritgan.
10-Mart 2024,13:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0