“Barselona” “Napoli”ga qarshi 1/8 final javob o'yinini muvaffaqiyatli boshladi.
Kataloniyaliklar 15-daqiqada Fermin Lopesning gol evaziga oldinga chiqib olishgan bo'lsa, oradan ikki daqiqa o'tib, Joau Kanseluning sa'y-harakatlari evaziga tablodagi farq oshdi. Squawka xabariga ko'ra, klub 2009 yilning aprelidan beri birinchi marta Chempionlar ligasi o'yinida 17-daqiqagacha javobsiz ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. 15 yil oldin, o'sha paytda Pep Gvardiola boshchiligidagi "Barselona" dastlabki 12 daqiqada "Bavariya"ga ikki bor gol urgandi. O'shanda "ko'k-anorranglilar" oxir-oqibat turnir g'olibiga aylangan.
“Barselona”ning bugungi o'yindagi ishonchli ustunligi esa uzoqqa cho'zilmadi: 30-daqiqadayoq “Napoli” oradagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi.
12-Mart 2024,02:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0