"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Luish Figu Xavining Kataloniya klubi bosh murabbiyligidan ketishi haqida gapirdi.
"Agar "Barsa"ning barcha afsonalari qanday ketganini tahlil qilsangiz, futbolda odamlar oxirgi o'yinga qarab baho berishini tushunasiz. Bu achinarli, lekin bu haqiqat. "Barsa" o'tgan mavsumda chempion bo'ldi, endi esa murabbiy ketadi. “Barsa”dek top-jamoaga barqarorlik kerak, ayniqsa hozirgi paytda iqtisodiy ahvol yomonligida", - deya Figu so'zlarini keltiradi Marca.
Xavi yanvar oyi oxirida Ispaniya chempionatining 22-turida “Vilyarreal”ga 3:5 hisobida imkoniyatni boy bergandan so'ng, “Barselona”ni tark etishini ma'lum qilgan edi.
29-turdan keyin “Barselona” 64 ochko bilan La Ligada 2-o'rinni egallab turibdi. “Real” chempionatda peshqadamlik qilmoqda (72 ochko).
20-Mart 2024,09:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0