Hozirda bir qancha yosh futbolchilar yuqori saviyada o'ynashmoqda. Goal portali 2005 yil 1-yanvardan keyin tug'ilgan dunyodagi eng yaxshi vunderkindlari ro'yxatini tuzdi. Kimlar kuchli beshlikka kirganini ko'rib chiqamiz.
5-o'rin – Arda Gyuler
"Real Madrid" yarim himoyachisi joriy mavsumda bor yo'g'i 7ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urgan. 19 yoshli futbolchi jarohati sabab chempionatning yarmini o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. Anchelotti sekinlik bilan uni asosiy tarkibga jalb qilyapti.
4-o'rin - Matis Tel
"Bavariya" hujumchisi joriy mavsumda 33 ta o'yinda maydonga tushdi. 18 yoshli futbolchi sakkizta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Matis boshqa yosh futbolchilar fonida ko'p gol urishi bilan ajralib turibdi.
3-o'rin - Uorren Zair-Emeri
18 yoshli yarim himoyachi "PSJ" safida 33 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U allaqchon jamoasining asosiy tarkib futbolchisiga aylanib ulgurdi.
2-o'rin - Endrik
"Palmeyras"ning 17 yoshli forvardi joriy mavsumda 6 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2024 yilning yozida u "Real Madrid"ga o'tadi. Evropa kelishi bilan u yana-da ko'proq e'tibor markaziga tushadi. Uning o'yinlarini realchilar intizorlik bilan kutayotgan bo'lsa ajab emas.
1-o'rin - Lamin Yamal
16 yoshli vinger “Barselona” safida 39 ta o'yinda maydonga tushgan. Uning hisobida oltita gol va ettita golli uzatma bor. Yamal Xavining haqiqiy topilmasi bo'ldi, desak xato qilmagan bo'lamiz. Lamin kelasi mavsumda 10-raqamli futbolkada harakat qilishini hisobga olsak, unga ishonch yana-da ortadi.
22-Mart 2024,13:50