“Barselona” bosh murabbiyi Xavining La Ligadagi diskvalifikatsiyasi o'z kuchida qoladi.Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ispaniya chempionati doirasida “Atletiko”ga qarshi kechgan bahsning (3:0) birinchi bo'lim oxirida maydondan chetlatilgan edi. Mutaxassis hakam Xose Mariya Sanches Martines bilan tortishgani uchun 2 daqiqa ichida 2 ta sariq kartochka olgan.Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi Xavini chempionatning 2 ta o'yiniga chetlatish bo'yicha qaror qabul qilgan. “Barselona” esa bu borada apellyatsiya bergan.Marca nashrining xabariga ko'ra, ushbu apellyatsiya rad etilgan va Xavining diskvalifikatsiyasi o'z kuchida qolgan. Shu tariqa murabbiy “Las-Palmas” va “Kadis”ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi va “Real”ga qarshi o'yinda qaytishi mumkin bo'ladi.
27-Mart 2024,20:00