Yanvar oyi oxirida Xavi mavsum yakunida "Barselona"ni tark etish qarorini e'lon qilgan edi. O'shandan beri yosh mutaxassis o'z pozitsiyasi o'zgarmasligini qayta-qayta ta'kidlagan. Biroq klub Xavini murabbiy sifatida saqlab qolish imkoniyatini istisno etmayapti. Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko'ra, Xavining kelajagi 3 haftadan so'ng aniq bo'ladi. "PSJ"ga qarshi Chempionlar ligasining chorak final o'yinlari (10 va 16 aprel), shuningdek, La Ligada "Real"ga qarshi jang (21 aprel)dan so'ng klub murabbiy bilan muzokaralar olib boradi. Agar "Barselona" "PSJ"ni mag'lub etsa va "El-Klasiko"da muvaffaqiyatli o'ynasa, Xavini qolishga ko'ndiradi. Agar natijalar yomon bo'lsa, hamkorlikni davom ettirish imkoniyati past bo'ladi. Qayd etilishicha, Xavining klubdagi asosiy yordamchisi klub prezidenti Joan Laporta hisoblanadi. Biroq Laporta atrofida murabbiyni almashtirish tarafdori bo'lganlar bor. Biroq “Barselona” prezidenti shu paytgacha jamoaga aprel oyi oxirigacha yangi bosh murabbiy qidirmaslik haqida ko'rsatma bergan.
28-Mart 2024,23:30