Lamin Yamal yozda ikkita terma jamoa turnirida ishtirok etishi mumkin.
Relevo xabariga ko'ra, Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) "Barselona" vingerini Evro-2024 va Olimpiadaga chaqirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Santi Deniya o'z tarkibini tanlashda to'liq erkinlikka ega bo'ladi.
2021 yilda besh nafar futbolchi – Unai Simon, Erik Garsiya, Pau Torres, Pedri va Mikel Oyarzabal ham Evropa chempionati, ham Olimpiada o'yinlarida ishtirok etishdi. Bu safar vaziyat yana takrorlanishi mumkin.
"Barsa" ortiqcha daqiqalar va ortiqcha ish yuki Yamalning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatishidan qo'rqadi. Klub allaqachon federatsiya bilan muzokaralarga kirishgan.
Qayd etilishicha, "blaugrana" 2020/21 yilgi mavsumda 73 ta o'yin o'tkazgan Pedri bilan vaziyat takrorlanishini istamaydi. Shundan so'ng, u tez-tez jarohatlar bilan bog'liq muammolarga duch kela boshladi.
29-Mart 2024,15:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0