"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes yangi yulduzlarni sotib olsa, klubda qolishi mumkin.
Murabbiy allaqachon mavsum yakunida o'z lavozimini tark etishini ma'lum qilgandi.
Jurnalist Fernando Poloning so'zlariga ko'ra, mutaxassis hali ham qolish niyatida emas, ammo klub uning transfer borasidagi ambitsiyali talablarini qondirsa, fikrini o'zgartirishi mumkin.
Xavi o'z jamoasida Yozua Kimmix («Bavariya») va Martin Subimendi («Real Sosedad») kabi yuqori darajadagi futbolchilarni ko'rishni xohlaydi.
Bundan tashqari, ispaniyalik murabbiy Bernardu Silva («Manchester Siti») bilan ishlashni istaydi.
"Barselona" prezidenti Joan Laporta yuqori darajadagi xaridlar Xavini klubda saqlab qolish uchun kalit bo'lishi mumkinligini tushunadi, shuning uchun u murabbiyning talablarini ma'qullashga tayyor.
Kataloniya grandi rahbari yuqorida tilga olingan yarim himoyachilardan tashqari Robert Levandovski o'rniga Erling Xolandni («Manchester Siti») taklif etishni uzoq muddatli maqsad deb hisoblamoqda.
2-Aprel 2024,09:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0