Kataloniyaning "Barselona" klubi Lissabonning "Sporting" klubi bosh murabbiyi Ruben Amorimning ishiga qoyil qolmoqda.
Jurnalist Florian Plettenberg bergan ma'lumotga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis "ko'k-anorranglilar" safida yuqori baholanadi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" rahbariyat Xavini qolishga ko'ndirish umidini yo'qotmagan bo'lsa-da, yangi murabbiy izlashda davom etmoqda. Agar hozirgi murabbiy ketsa, kataloniyaliklar Amorimni o'z safiga qo'shib olishga harakat qilishi mumkin.
Portugaliyalik murabbiyga "Liverpul" va Londonning "Chelsi" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Vaziyat 10 million evro tovon puli mavjudligi bilan ham murakkablashdi. "Sporting" boshchiligidagi Amorim Portugaliya chempioni bo'ldi va uchta kubok sovrinini qo'lga kiritdi.
2-Aprel 2024,14:10