«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronaldu bilan «Oltin to'p» borasidagi raqobat haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.«Bir tomondan o'zimni beshta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan yagona futbolchi sifatida baholagandim. Krishtianu men bilan tenglashib olganida, tan olishim kerak, biroz xafa bo'lgandim. Men endi yuqori cho'qqida emasdim. Ammo bu mantiqiy holat edi. Shuni ta'kidlashim kerakki, yakka peshqadam bo'lganingda bu yoqimli holat.Men futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchimanmi? Ochig'ini aytsam, biror narsa deyish qiyin. Boshqa davrlarda ajoyib o'yinchilar bo'lgan, ularni zamonaviy futbolchilar — Krishtianu, Neymar, Mbappe bilan taqqoslash qiyin. Har bir insonning o'z fikri bor.To'g'risini aytsam, men futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchimanmi, buni bilmayman. «Oltin to'p»ni olti marta qo'lga kiritish menga nasib qildi. Bundan xursandman", – dedi Messi "France Football" nashriga bergan intervyusida.
3-Dekabr 2019,20:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0