"Real Madrid" "Manchester Siti"ga qarshi to'pga egalik qilish borasida eng yomon o'yinlaridan birini o'tkazdi.
Chempionlar ligasining birinchi chorak final uchrashuvida jamoalar durang qayd etishdi (3:3).
Madridliklar bu o'yinda 38 foiz to'pga ega bo'lishdi. Bu "Real Madrid"ning Chempionlar ligasi uy uchrashuvida to'pga egalik qilish bo'yicha uchinchi eng yomon rekordidir.
Bundan tashqari, murabbiy Pep Gvardiola jamoalariga qarshi o'yinlarda yana ikkita holat qayd etilgan.
"Real Madrid"ning Chempionlar ligasida o'z uyida to'pga ega bo'lish borasidagi eng yomon uchta o'yini:
– 2011-yilda Gvardiolaning “Barselona”siga qarshi 24%;
– 2014-yilda Gvardiola boshchiligidagi “Bavariya”siga qarshi 28%;
– 2024-yilda Gvardiolaning “Manchester Siti”siga qarshi 38%.
10-Aprel 2024,07:10