“Barselona” klubi yangi bosh murabbiy qidirishni to'xtatdi.Diario Sport xabariga ko'ra, Kataloniya klubi sport direktori Deku Roberto De Zerbi bilan bog'langan, biroq “Brayton” bilan tuzilgan shartnoma va yuqori tovon puli tufayli uning nomzodini rad etishga qaror qilingan. Shuningdek, Barselonada nemis mutaxassisini taklif qilish g'oyasi ham o'z o'rnini yo'qotmoqda — hozirgacha yagona nemis murabbiyi Xans-Diter Flik nomzodlar qatorida edi. Klub, shuningdek, taklif etilgan mutaxassis “Barselona” va La Ligaga moslasha olmasligidan ham xavotirda.Ma'lum qilinishicha, ayni damda klub Xavi mavsum oxirida “Barselona”ni tark etish haqidagi qarorini o'zgartirishi mumkinligini istisno qilmayapti — klub prezidenti Joan Laporta agar Xavi klubni tark etish haqidagi fikrini o'zgartirsa, uni mamnuniyat bilan qo'llab-quvvatlaydi. Ammo Xavi hali qarori o'zgargani haqida ommaga ma'lum qilmadi. “PSJ” va “Real”ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinlar Xavi kelajagiga asosiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.Agar Xavi ketish fikridan qaytmasa, “Barselona”ning birinchi varianti “Barselona B” futbolchisi Rafael Markes bo'ladi.Markes 2003 yildan 2010 yilgacha Kataloniya klubi sharafini himoya qilgan.
15-Aprel 2024,20:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0