"Barselona" Chempionlar ligasining chorak finalida "PSJ"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi
Javob o'yini 1:4 hisobida yakunlandi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra parijliklar turnirning yarim finaliga yo'l olishdi.
Oxirgi 8 yil ichida kataloniyaliklar Chempionlar ligasi pley-off bosqichida 7-marta yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi.
2021 yilda “Barselona” 1/8 finalning ilk o'yinida “PSJ”ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Undan bir yil avval kataloniyaliklar chorak finalda “Bavariya”ga 2:8 hisobida imkoniyatni boy bergandi. 2019 yilda “Barsa”ni “Enfild”da yarim final javob o'yinida “Liverpul” mag'lub etgan (0:4), 2018 yilda “blaugrana” 1/4 finalning javob o'yinida “Roma”ga (0:3) mag'lub bo'lgandi.
2017 yilda "Barsa" Chempionlar ligasida ikki marta yirik hisobda mag'lub bo'ldi: 1/8 finalning birinchi o'yinida "PSJ" bilan 0:4 va chorak final birinchi uchrashuvida "Yuventus" bilan 0:3.
16-Aprel 2024,02:30
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0
O'qildi: 44 - Fikirlar: 0