Niderlandiyalik sobiq futbolchi Ronald de Bur “Barselona” himoyachisi Joau Kanseluning kechagi Ispaniya chempionati doirasida “Real”ga qarshi o'yindagi harakatlari haqida gapirdi.
“Ko'k-anorranglilar” qo'shib berilgan vaqtda hal qiluvchi golni o'tkazib yuborib, mehmonda 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
"Endi men Kanselu nima uchun Gvardiola jamoasida o'ynamaganini tushundim. Bu futbolchi o'zining o'yinini o'ynaydi va asosiysi to'p bilan qanday muomala qilishda, deb o'ylaydi. Lekin sen himoyachisan, jin ursin," - dedi de Bur.
"Bu aqldan ozish. Kanselu 29 yoshda va hali ham yosh bolalarcha bir xil xatolarga yo'l qo'ymoqda", - deya qo'shimcha qildi afsonaviy Marko van Basten.
Joau La Liganing joriy mavsumida 26 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
22-Aprel 2024,11:50