"Barselona" - Ayollar o'rtasidagi Ispaniya chempionati g'olibi.
"Blaugrana" 26-turda "Granada"ga qarshi safar o'yinida (4:1) muddatidan avval chempionlikni qo'lga kiritdi. Jamoa hisobida 25 g'alaba, 1 durang va mag'lubiyat yo'q, to'plar farqi 118:9.
Bu “ko'k-anorranglilar”ning Ispaniya chempionatidagi ketma-ket beshinchi, tarixdagi to'qqizinchi g'alabasi bo'ldi. Ispaniya ayollar futbolida hech kim chempionatda bunchalik ko'p g'alaba qozonmagan: eng yaqin ta'qibchi “Atletik” 5 "Barselona" - Ayollar o'rtasidagi Ispaniya chempionati g'olibi.ta unvonga ega.
E'tiborlisi, “Barselona” erkaklar jamoasi hech qachon ketma-ket 5 marta mamlakat chempionligini qo'lga kiritmagan. Erkaklar jamoasining eng yaxshi natijasi 1991 yildan 1994 yilgacha ketma-ket 4 ta unvondir.
25 may kuni "Barselona" ayollar o'rtasidagi Chempionlar ligasi finalida "Lion"ga qarshi o'ynaydi.
4-May 2024,04:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0