"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Emmanuel Peti yarim himoyachi Frenki de Yongning Kataloniya klubidagi kelajagi haqida gapirdi.
26 yoshli futbolchi 2019 yilning iyul oyida "Ayaks"dan "Barselona"ga o'tgan edi. Transfer summasi 86 million evroni tashkil qilgan futbolchining klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan.
"De Yong klubni tark etishi kerak. U erda to'rt-besh yil bo'lib, unchalik yaxshi ish qilgani yo'q. U yaxshi futbolchi, lekin "Barselona"ga mos kelmaydi. U ketishi va ochig'i, Angliyaga ketishi kerak.
Boshqa o'yinchilar ham bor, men uchun birinchi o'rinda eng yaxshi yosh o'yinchilarga imkon berilishi kerak, ammo Ilkay Gyundogan kabi tajribalilarni olib qolishimiz kerak. Ammo mavsum yakunida klubni tark etishi kutilayotgan boshqa keksa futbolchilar ham bor.
Ular ish haqi shaklida katta xarajatlarni talab qiladi. Umid qilamanki, "Barselona" yozda vaziyatni tahlil qiladi va to'g'ri echim topadi", — dedi Peti Football Espana bilan suhbatda.
Joriy mavsumda de Yong 30 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi.
9-May 2024,10:40