«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Oltin to'p» uchun kurashda «Liverpul» himoyachisi Virjil van Deykni bor-yo'g'i 7 ballga ortda qoldirgani ma'lum bo'ldi.So'rov yakunlariga ko'ra kataloniyaliklar sardori 686 ball to'plagan bo'lsa, Virjil 679 ochko jamg'argan.Qiziq tomoni, so'rovnomada ishtirok etganlarning 61 nafari argentinalik futbolchini 1-o'ringa qo'ygan bo'lsa, 69 nafar jurnalist gollandiyalik futbolchini 1-pog'onada ko'rsatgan. Ammo Messi 2 va 3-o'rinlarda ko'proq ko'rsatilgani hisobiga yakunda g'alabani ilib ketgan.So'rovnoma natijalari (top-10):1. Lionel Messi (Argentina, «Barselona») – 686 ball2. Virjil van Deyk (Niderlandii, «Liverpul») – 6793. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, «Yuventus») – 4764. Sadio Mane (Senegal, «Liverpul») – 3475. Muhammad Saloh (Misr, «Liverpul») – 1766. Kilian Mbappe (Frantsiya, «Pari Sen-Jermen») – 897. Alison Bekker (Braziliya, «Liverpul») – 678. Robert Levandovski (Polsha, «Bavariya») – 449. Bernardu Silva (Portugaliya, «Manchester Siti») – 4110. Riyod Mahrez (Jazoir, «Manchester Siti») – 33.
3-Dekabr 2019,18:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0