"Barselona" yozda 35 yoshli polshalik hujumchi Robert Levandovski bilan xayrlashmoqchi, deb xabar bermoqda Todofichajes internet nashri.
Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" boshliqlari maosh hisobini engillashtirish uchun futbolchidan qutulmoqchi. Futbolchi yiliga taxminan 30 million evro oladi. "Barselona" Levandovskini Saudiya Arabistoniga yoki Premer-liga klublaridan biriga qo'yib yuborishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda Levandovski barcha turnirlarda 47ta o'yinda qatnashib, 25ta gol va 9ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 15 million evroni tashkil qiladi.
19-May 2024,14:40