AS xabariga ko'ra, "Barselona" dastlab rejalashtirilganidek mavsumni yakunida Janubiy Koreyaga o'rtoqlik o'yini uchun bormaydi.
"Sevilya"ga qarshi La Ligadagi so'nggi o'yinidan so'ng "Barselona" mavsumni o'rtoqlik o'yini bilan yakunlamoqchi edi.
Bundan ko'zlangan maqsad bir necha million evro yig'ish g'oyasi edi.
Nashr xabariga ko'ra, o'rtoqlik uchrashuvi 28 va 31 may kunlariga rejalashtirilgan va endi Janubiy Koreya terma jamoasining taqvimidagi ziddiyatlar tufayli o'tkazilmaydi.
"Barselona"ning mavsumi 26 may kuni yakunlanishini hisobga olsak, ular uchun munosib sanani topish imkonsiz bo'lib chiqdi.
Eslatib o'tamiz, bundan ikki yil avval “Barselona” may oyi oxirida Avstraliyaga, aniqrog'i Sidneyga Avstraliya Ligasi yulduzlariga qarshi o'rtoqlik o'yini uchun yo'l olgan va bu o'yinda 3:2 hisobida g'alaba qozongan edi.
O'tgan yili ular Yaponiyani tanlab, Andres Inesta boshchiligidagi "Vissel Kobe" bilan to'qnash kelishgan va natijada 2:0 hisobida g'alaba qozongandi.
Bu yil ham "Barselona" mavsum tugashidan oldin o'rtoqlik o'yini uyushtirishga harakat qildi, ammo yaqin oylarda boshlanadigan Evro va Amerika Kubogi klub marketing bo'limini har qanday qulay variantlardan istamay voz kechishga majbur qildi.
20-May 2024,16:10