«Manchester Siti» yarim himoyachisi Kelvin Fillips o'zini «Barselona»ga taklif qildi. Bu haqda Ispaniyaning "Sport" nashri o'z sahifalarida xabar beradi.
«Barselona» yozgi transfer oynasida bir yoki hatto ikkita yarim himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi. Klub Fillipsning istagini biladi va futbolchini qadrlaydi, ammo qaror qabul qilishga shoshilmayapti. «Ko'k-anorranglilar» qishda Kelvinga qiziqish bildirishgan, ammo keyin Vitor Roke bilan shartnoma imzolangan.
28 yoshli Fillips Premer-ligada bir nechta variantga ega, ammo Chempionlar Ligasi va yaxshi sport loyihasi uchun Angliyani tark etishni afzal ko'radi. «Manchester Siti» yarim himoyachini taxminan 30 million evroga sotishga tayyor, biroq boshqa ijara varianti ham bekor qilinmagan. Fillips 2023/2024 yilgi mavsumning ikkinchi qismini «Vest Xem»da o'tkazdi.
30-May 2024,16:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0