"Bavariya" germaniyalik yarim himoyachi Yozua Kimmix bo'yicha yirik takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoq orqali xabar berdi.
Manbaga ko'ra, ayni damda "Bavariya" va Kimmix o'rtasida shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgan va myunxenliklar jiddiy taklif bo'lsa, uni qo'yib yuborishga tayyor.
Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi yozda Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisini sotib olish borasida muzokaralar olib borishi haqida avvalroq xabar berilgan edi. Shuningdek, "Barselona"ning yangi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ham futbolchini o'z jamoasida ko'rishni istashi xabar qilingandi.
Eslatib o'tamiz, Yozua Kimmixning myunxenliklar jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyunigacha amal qiladi.
10-Iyun 2024,09:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0