"Liverpul" vingeri "Barselona" tomonidan bildirilayotgan qiziqishga munosabat bildirdi

"Liverpul" vingeri Luis Dias "Barselona" tomonidan bo'layotgan qiziqishlar haqida fikr bildirdi.
Oldinroq bir qator ispan manbalari kolumbiyalik futbolchiga "ko'k-anorranglilar" sport direktori Dekuning shaxsan o'zi qiziqayotgani haqida xabar bergandi.
"Men "Liverpul"da juda baxtliman. Bu ajoyib jamoa. Men har doim u erda o'ynashni xohlaganman, shuning uchun men juda xursandman va xotirjamman. Hozir men boshqa hech narsa haqida o'ylamayman", - dedi Dias.
Eslatib o'tamiz, Dias Angliya Premer-ligasining so'nggi mavsumida 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 27 yoshli kolumbiyalik futbolchi 2022 yilning yanvaridan buyon "Liverpul"da o'ynab kelmoqda.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (320/+0)
Yangiliklar (37978/+6)
UzFIFA Yangiliklari (22.05.2026)
Futbol TV Yangiliklari (22.05.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1865)
Eng ko'p o'qilgan
16-May
19:00
22-May
16:40
20-May
18:50
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





441