Londonning "Arsenal" klubi Ispaniya La Ligasidan bir hujumchiga ko'z tikdi. Gap "Atletik Bilbao" hujumchisi Niko Uilyams haqida ketmoqda, unga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.
Football London nashri xabariga ko'ra, "kanonirlar" haqiqatan ham 21 yoshli futbolchini taklif etish haqida o'ylamoqda. Bilbaoning "Atletik" klubi Uilyams uchun 50 million evro miqdorida tovon puli talab qilmoqda, "Barselona" bu pulni to'lashga tayyor emas.
"Arsenal" futbolchining o'zi bilan kelishuvga erishsa, transferni amalga oshirishga harakat qilishi mumkin. Uilyams Ispaniya chempionatida o'tgan mavsumni 5 gol va 11 golli uzatma bilan yakunladi. Avvalroq futbolchini Londonning "Chelsi" klubi ham kuzatib kelayotgani haqida ma'lumot paydo bo'lgandi, biroq Nikoning maosh talab qilishi “ko'klar” rahbariyatini cho'chitib yuborgan.
15-Iyun 2024,17:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0