"Barselona" Osiyo mamlakatlarida o'z dasturlarini boshlaganidan 14 yil o'tib Hindistondagi barcha futbol akademiyalarini yopdi. Bu haqda Kataloniya klubi sayti xabar berdi.
2024-yilning 1-iyulidan boshlab Dehli, Mumbay, Bangalor va Pune shaharlarida “Barselona”ning rasmiy futbol maktablari o'z faoliyatini to'xtatadi.
Klub allaqachon akademiya talabalari va ularning oilalariga bildirishnomalar yuborgan. Dunyoning eng mashhur futbol klublaridan birining yoshlar loyihasi 2010 yilda Hindistonda boshlangan edi, shundan so'ng "minglab yoshlar "Barsa" uslubida va jamoa qadriyatlariga mos ravishda futbol o'ynashni o'rganishdi.
"Barsa" yosh futbolchilarning barcha oilalariga yillar davomida loyihaga bildirgan ishonchlari uchun, shuningdek, barcha murabbiylar, yordamchi xodimlar va jamoaning Hindistondagi akademiyalari bo'yicha hamkori Conscient Sports kompaniyasiga minnatdorchilik bildiradi", - deyiladi klub xabarida. bayonotida.
"Barselona" 1,4 milliarddan ortiq aholi istiqomat qiladigan dunyoning eng ko'p aholisi bo'lgan mamlakatda yosh iqtidorli futbolchilarni izlash dasturini qisqartirish sabablariga oydinlik kiritmadi.
"Barselona" yoshlar futbol markazlari 4 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan o'g'il va qizlar uchun mo'ljallangan. Mashg'ulotlar jarayoni Kataloniya klubining metodologiyasi va falsafasiga muvofiq tashkil etilgan.
Turli vaqtlarda ko'plab mashhur futbolchilar "Barselona" yoshlar tizimidan o'tishgan, jumladan argentinalik hujumchi Lionel Messi ham 13 yoshida akademiyaga kirgan.
20-Iyun 2024,14:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0