"Barselona" klubi himoya dasturi doirasida Gavi va Ronald Arauxoning jarohatlari uchun bu yil FIFAdan katta miqdorda tovon puli kutmoqda.
Har ikki futbolchi ham o'z terma jamoalarida o'ynab jarohat olgan. FIFAning Klublarni himoya qilish dasturiga ko'ra, Arauxoning tizzasidagi xochsimon bo'g'imi yirtilib ketgani sababli 4 oy maydonga tusha olmagani uchun "Barsa"ga 2,5 million evro to'lashi kerak. Himoyachi Amerika Kubogi-2024 da jarohat olgan edi.
Bundan tashqari, FIFA Gavi maydonga tushmagan har bir kun uchun “Barselona”ga 20 548 evro to'laydi. Yosh yarim himoyachi 2023 yilning noyabridan buyon maydonga tushmayapti va kataloniyaliklar uning 10 oylik safdan chiqqani uchun 5 million evrodan ortiq tovon puli olishadi.
Shunday qilib, yil oxirigacha “Barsa” FIFAdan taxminan 10 million evro olishi mumkin.
5-Sentyabr 2024,14:30