Mashhur sobiq futbolchi Lotar Matteus Yozua Kimmixning "Bavariya"ni tark etishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
29 yoshli yarim himoyachining myunxenliklar bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. Tomonlar keyingi hamkorlik bo'yicha haligacha kelisha olishmadi.
"Agar Kimmix "Bavariya"ni tark etsa, bu uyat bo'ladi. Yoozua namunali futbolchi, Jamol Musiala bilan birga klubning kelajakdagi yuzi. Oldinroq David Alaba bilan bo'lganidek, uning erkin agent sifatida ketishi juda yoqimsiz natija bo'ladi. Vensan Kompani qo'l ostida Kimmixning "Bavariya"dagi pozitsiyasi ijobiy tomonga o'zgardi. Biz o'tmishni ortda qoldirishimiz kerak. Hozir “Bavariya” ajoyib futbol namoyish etmoqda, ajoyib jamoa va yaxshi muhit. Biroq, Yoozua yangi narsalarni sinab ko'rishni xohlashi mumkin. "Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik uni juda qadrlashini bilamiz", - dedi Matteus.
15-Noyabr 2024,10:50
O'qildi: 41 - Fikirlar: 0