Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi o'ng qanot himoyachisi Joau Kanselu «Barselona»ga hali ham muxlislik qilishini yashirmadi.
«Men «Barselona»ni tark etmadim, men yuragimni u erda qoldirdim. Men ularning barcha o'yinlarini tomosha qilaman, ularning gollarini va muvaffaqiyatsizliklarini his qilaman.
«Barsa» muxlisi sifatida jamoa o'ynayotgan payt doim klub libosni kiyib olaman.
Agar ularning o'yiniga hissa qo'sha olsam, qaytarmidim? HA!
Ular qisqa vaqt ichida juda kattalashib, ko'pchilik ular hali balog'atga etmaganini unutib qo'yayotganini ko'ryapman. Bu qayta tug'ilish davri. Umid qilamanki, muxlislar ulardan ko'p narsa talab qilib, bosim o'tkazishmaydi, ular qanday sabr qilishni bilishadi», - dedi Kanselu.
Eslatib o'tamiz, 30 yoshli portugaliyalik o'tgan mavsumda ijara asosida «ko'k-anorranglilar» sharafini himoya qilgan.
11-Dekabr 2024,09:50