"Buni juda jiddiy holat deb hisoblayman. Bu LaLiga qonunlarini buzadigan ma'suliyatsiz odamlarning natijasi. Endi ular boshqalar qila olayotgan ishni o'zlari qila olmayotgani uchun shikoyat qilishyapti.
"Barselona" sudga murojaat qildi, bu aslida bir tiyinlik ish edi va bundan yaxshilik chiqmadi. LaLiga esa nazoratni ushlab turadigan formani butunlay yo'q qiladi. Bu nazorat moduli boshqalar tomonidan shubxaga olinsa-da, klublar buni chetlab o'ta olishmaydi.
Fikrimcha, Laporta bor ishonchni yo'qotdi. Bungacha uning yonida Mateu Alemani bo'lgan va u raqamlarni juda yaxshi tushunardi. Hozir esa u yo'q, chunki Laporta uni haydab yubordi.
Tabiiyki, uning iste'fosini talab qilayotgan tashkilotlar talaygina", - dedi "Real", "Valensiya" va Ispaniya termasining sobiq posboni.
2-Yanvar 2025,23:56