Oldinroq rasmiy ravishda "Barselona" Dani Olmo hamda Pau Viktorlarni ikkinchi davra uchun LaLigada ro'yxatdan o'tkaza olmasligi ma'lum qilingandi. "Marca" ma'lumotiga ko'ra, Olmo hali hamon ruxsat berishini kutmoqda. U klub prezidenti Joan Laportaning bergan va'dasini ustidan chiqishga umid bildiryapti.
Manbalarning yozishicha, bu ish bo'yicha ertangi kun eng muhimi hisoblanadi. Klubdagilar "Kamp-Nou"ning VIP-lojalaridan tushadigan foyda hujjatlarini vaqtida taqdim qilgan deb hisoblaydi. Bu boradagi pullar juma kuni klub hisob raqamiga kelib tushadi.
Olmoning o'zi esa hali kelajagini aniqlashtirib olganicha yo'q, u LaLigada ro'yxatdan o'ta olmasa, nima qilishi kerakligini bilmaydi. Futbolchining agentlari mijozini boshqa jamoaga ijaraga berish yo'llarini qidirmoqda.
2-Yanvar 2025,22:56