Oldinroq Olmo va Torre "zayavka"dan o'tadigan bo'lsa, LaLiga klubdari isyon ko'tarishga tayyorligi borasida ma'lumotlar tarqagandi.
"Valensiya" klubi LaLiga va RFEF borasida Yuqori sport ittifoqi chiqargan qarordan noroziligini bildiradi. Bu orqali musobaqaning yakdilligi va haqiqiyligi buzilgan, professional futboldagi moliyaviy qonuniyatlar ishlamayotganidan dalolat beradi deb hisoblaymiz.
Shuningdek, "Valensiya" futbol klubi ushbu chora orqali LaLiganing iqtisodiy nazorat tizimiga qanchalik ta'sir o'tkazayotgani sababli ispan futbolining reglamenti va moliyaviy barqarorligidan ham xavotirda ekanligini ma'lum qiladi.
Bu qaror sport to'g'risidagi qonunlarni xavf ostiga qo'yadi va musobaqaning kelajagi uchun ham taxdid soladi", - deyiladi rasmiy bayonotda.
10-Yanvar 2025,22:56