Kuni kecha Katoloniyaning “Cat Ara” nashri jurnalisti Antonio Basas futbol olamida inqilobni amalga oshirgan Pep Gvardiola bilan ajoyib intervyuni uyushtirdi. Maroqli o'tgan suhbat chog'ida ispaniyalik mutaxassis ko'pchilikni qiziqtirgan savollarga javob berib o'tdi.Messisiz “Barselona” hech narsaga erisha olmas edi…O'ylashimcha, o'sha “Barselona”ning o'zgacha ekanligining sababi men yoki murabbiylar shtabi bilangina bog'liq emas. Hozir Messidan barchasi uchun minnatdorman. Menga u bilan birga ishlash baxti nasib etgan. Biz murabbiylar bilan birgalikda uning o'yindan lazzat olishi uchun vazifalarini yengilashtirishga, o'yin suratiga mos tushishi uchun harakat qilganmiz. Xuddi katta xorda qo'shiq aytuvchi qo'shiqchini yakkaxon artistga aylantirgandek. O'z vaqtida ushbu so'zlarni unga ko'p bor ta'kidlaganman. To'g'ri, o'sha “Barselona”da yulduzlar ko'p edi, lekin Messisiz biz sovrinlarga yaqin ham kelishni uddalay olmagan bo'lar edik. Leo tort ustidagi olchadan ham muhimroq edi desam, adashmagan bo'laman.O'yinga tayyorgarlik ko'rish sirlariBu borada men asosan Lui van Gal, Reshar va Kroyfning uslubidan foydalaman. Kroyf o'yin borishini sezibgina qolmay, futbolchilarga ular avval eshitmagan narsalarni aytib berar edi. Ba'zan futbolchilar bilan suhbat qurayotganimda, uning so'zlarini aytayotganimni sezib qolaman. Oradan 20 yil o'tgan bo'lsada, men uning g'oyalariga to'liq ishonaman. Aynan shuning uchun bu boradagi bilimlarimni futbolchilar bilan o'rtoqlashaman. Tezlikni kerakli paytda oshirish kerak, faqat oldinga qarab yugurish kerak, bo'shliq yaratish… Futbolchilar bilan suhbat chog'ida faollik murabbiy tomonida bo'ladi. Yoxan biz bilan emas, lekin o'z bilim va ko'nikmalarimni aynan uning qo'l ostida o'zlashtirganman.Messining markazga ko'chirilishi
Men uni qanotdan markazga o'tkazishimning asosiy sabablaridan biri himoyada faollikni oshirish edi. Xalqaro o'yinlarda qanot himoyachilarining aksariyati hujumga qo'shilishadi. Men Messi qanotlarda pressing uyushtirib katta kuch yo'qotmasligini ko'zlagan edim. Bundan tashqari, markazda uning yakunlovchilik borasidai iqtidori yaxshiroq namoyon bo'lar edi. Birinchi kundan boshla Leoni jamoa bilan birga o'ynashga majbur qilganman. Uni o'yin suratidan tushib qolmasligini talab qilar edim. Hozirda Agueroni jamoa bilan birga harakat qilishga majburlayabman. Bu ko'proq rohat bag'ishlabgina qolmay, kerakli natijani ham beradi. Men “Barselona”ning “Liverpul”ga qarshi o'yinini “Kamp Nou”da kuzatdim. U o'yin davomida katta ishtiyoq bilan harakat qildi. O'yin davomida to'psiz bir necha bor muvaffaqiyatli ochilishni uddaladi. Menimcha, “Barselona”ning EChLda g'olib chiqmagani uchun Messini ayblash noto'g'ri. Agarda klub finalga chiqishni uddalaganida, g'alaba cho'ntakda bo'lar edi. Nima bo'lgan taqdirda ham, men “Barselona” bilan xalqaro arenada to'qnash kelishni istamagan bo'lar edim. Bu jamoa istalgan raqibni musobaqadan chiqarib yuborishga qodir.EChL saviyasi oshmoqdaSarri boshchiligidagi “Yuventus” tarkibida ushbu mavsumda EChL uchun kurasha qo'shildi. Tarkibida Ronaldusi bor jamoa kutilgan natijaga erishishi mumkin. “Barselona” “Barselona” bo'lgani uchun EChLda g'olib chiqishi kerak degan fikrdan voz kechish kerak. Kataloniyaliklar har JChda g'oliblikni kutadigan argentinaliklarga o'xshaydi. Tushunaman, “Barselona” juda yaxshi jamoa, lekin boshqa klublar ham bu musobaqada g'olib chiqishni istaydi. “Barselona” Messining atrofini to'g'ri futbolchilar bilan o'rab tashladi. Balki aynan shu faktor jamoaga pand beryotgandir. Yana kim biladi deysiz?!Faoliyatimdagi eng kuchli raqiblarMen o'z murabbiylik kareram davomida ikkita kuchli raqibga duch kelganman. Bular Luis Enrikening “Barselona”si va Yurgen Kloppning “Liverpul”i. Enrikening hujum uchligini to'xtatib qolish mushkul edi. Messining yonida iqtidorli Neymar bor edi. Eng muhimi, tartib-intizom va fidoiylik birinchi planga ko'tarilgan va futbolchilar bir jamoa bo'lib harakat qilishni boshlashgan edi. Enrike “Barselona”ning o'yinini rang-barang qilishga muvaffaq bo'ldi. U qarshi hujumlarni uzoq masofaga to'p uzatishlar bilan almashtirdi. Shunga o'xshash bir nechta qo'shimcha elementlar, g'alaba kaliti vazifasini bajarib berdi.EChL va chempionatdagi g'oliblikning farqiBa'zan: “Gvardiola chempionatda g'olib chiqdi, lekin EChLda emas” qabilidagi so'zlarni eshitib qolaman. Albatta, men xalqaro musobaqada g'olib chiqishdan xursand bo'lar edim, lekin ichki birinchilikdagi chempionlik futbolchining murabbiyga bo'lgan ishonchini oshiradi. Uyda bo'lib o'tadigan musobaqada g'olib chiqish uchun har uch kunda g'alaba qozonish shart. Bundan tashqari, chempionat uzoq muddat davom etadi va unda qilingan xatolarni to'g'rilash uchun vaqt etarli. EChLda esa, barchasi pley-offdagi birgina o'yinda chippakka chiqishi mumkin. APLda g'olib chiqish juda mushkul. Biz ikki mavsum davomida chempionlikni qo'lga kiritdik. Bunaqasi so'nggi 11 yil davomida uchramagan edi. Ispaniyada barchasi hissiyotga tayanadi. Matbuot anjumanlari davomida barcha janjal izlashni xush ko'radi. Germaniyada barchasi o'zgacha. Manchesterda Fabi Soriano bilan birga ishlayapman va o'zimni himoyalangandek his etmoqdaman. G'alaba qozonsam, demak barchasi to'g'ri ketmoqda. Mag'lubiyat esa, buning aksini bildiradi. “Siti”da “Barsa”dan farqli o'laroq 3 yo 4 ta inson barcha muammolarni bartaraf etadi. Kataloniyada bunday insonlarning soni 18 tadan ortiq va ular o'z so'zini o'zkazishga urunishadi. Men jamoa bilan shartnomamni 2021-yilga qadar uzaytirishga qaror qildim. Buning asosiy sababi, hozir bizda yosh jamoa mavjud. Klub menga bemalol ishlashim uchun sharoit yaratib bermoqda. Kareramni yana qaerda davom ettirishim mumkin? Germaniya yoki Ispaniyaga qaytib bormaymanku! Bunday imkoniyatlar yaratilgan APL jamoasini boshqa uchratmaysiz.
8-Dekabr 2019,14:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0