"Barselona" darvozaboni Voytsex Shesni jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning o'yin tamoyillari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Hech qachon bunday baland himoya chizig'i bilan o'ynamaganman. "Arsenal"da Venger darvozabondan ko'p narsani talab qilardi, ammo kataloniyada futbolchilar mendan juda uzoqda o'ynashmoqda. Bu hatto 34 yoshda siz hali ham o'rganishingiz mumkin bo'lgan ajoyib tajriba", - dedi Shesni Barca Universal bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, 34 yoshli polshalik posbon 2024 yilning oktyabr oyi boshida "Barselona"ga o'tgan edi. Bu vaqt ichida u to'rtta uchrashuvda qatnashib, beshta gol o'tkazib yubordi va ikki marta o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi. Shesnining kataloniyaliklar bilan tuzgan mehnat shartnomasi shu yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.
23-Yanvar 2025,21:20
O'qildi: 61 - Fikirlar: 0
O'qildi: 61 - Fikirlar: 0