"Barselona" vingeri Rafinya Dias har safar almashtirilganda Lamin Yamal nima uchun jahl qilishini tushunishini aytdi.
"Ha, men uni to'liq tushunaman. Oxir oqibat, u fantastik futbolchi va har doim maydonda bo'lishni xohlaydi. Men ham uning yoshida bo'lganimda ko'p marta g'azablanganman. Uning xafa bo'lishi odatiy hol. Men unga yordam berishga harakat qilaman va uning o'yin darajasidan juda mamnunman", dedi Rafinya jurnalistlarga.
Kecha "Barselona" Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 8-turida "Atalanta" bilan durang o'ynadi. Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.
17 yoshli Yamal 90 daqiqani maydonda o'tkazdi va bitta gol urdi. Aytish joizki, vinger faqat qo'shib berilgan vaqtida almashtirildi, biroq u maydonni tark etganidan unchalik mamnun emasdi.
30-Yanvar 2025,10:30
O'qildi: 67 - Fikirlar: 0