"Barselona" o'zining sobiq yulduz futbolchilari - argentinalik Lionel Messi va braziliyalik Neymarni qaytarishi mumkin.
Bu haqda El Gol Digital nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, ikkalasi ham Kataloniya klubiga qaytish istagini bildirishgan.
Lionelning "Inter Mayami" bilan shartnomasi 2025 yilning dekabrida tugaydi, shuning uchun u "ko'k-anorranglilar" safiga erkin agent sifatida qaytishi mumkin. Shu bilan birga, Neymarning qaytishi "Santos"da yaxshi formaga kira olsagina amalga oshishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Messi avvalroq AQShdagi faoliyatini yakunlaganidan so'ng kelajagi haqida qaror qabul qilgan edi. Argentinalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilning 31 dekabriga qadar tuzilgan, shundan so'ng u “Barselona”ga qaytishni rejalashtirmoqda.
Messiing oilasining do'sti Yanina Latorrening aytishicha, "Oltin to'p"ning ko'p karra sohibi Mayamida yashashni davom ettirishni istamaydi, u o'z kelajagini faqat Ispaniyada ko'radi.
1-Fevral 2025,17:10
O'qildi: 68 - Fikirlar: 0
O'qildi: 65 - Fikirlar: 0