"Barselona" klubi va himoyachi Pau Kubarsi o'rtasidagi shartnoma uzaytirildi. Yangi kelishuvga ko'ra, futbolchi 2029 yil 30 iyungacha jamoada qoladi.Kataloniyalik himoyachi bugun tush paytida klub prezidenti Joan Laporta, birinchi vitse-prezident Rafa Yuste va sport direktori Anderson Luis de Souza ("Deko") ishtirokida yangi shartnomaga imzo chekdi. Debyutdan beri 13 oy
"Kubarsining shartnoma uzaytirishi "Barselona" akademiyasi – "La Masiya"ning yosh iste'dodlarini tarbiyalashga bo'lgan klubning sadoqatini yana bir bor tasdiqlaydi. Yaqinda 18 yoshga to'lgan himoyachi shu vaqtga qadar jamoa safida 60 ta o'yin o'tkazdi. Ushbu o'yinlarning barchasi 2024 yil 18 yanvarda Ispaniya kubogi doirasida "Unionistas"ga qarshi sovuq kechada debyut qilganidan beri o'tdi.O'sha kundan boshlab Kubarsi o'zgacha o'yinchi ekanligi ma'lum bo'ldi. U nafaqat ishonchli himoyachi, balki o'yinni juda yaxshi tushunadi va jahon darajasidagi yarim himoyachilarga xos paslar uzata oladi. Kubarsi – "Barselona" DNKsiga to'liq mos keladi va klubda yana ko'p yillar qolishi kutilmoqda", — deyiladi "Barsa" tarqatgan xabarda.