Inyaki Penyaning kelajagi masalasi yozda hal bo'ladi.
"Barselona" darvozabonining amaldagi kelishuvi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Klub ushbu sanaga qadar shartnomasi tugaydigan barcha futbolchilar bilan yangi shartnomalar imzolagan.
Penya masalasida hamkorlikni uzaytirish masalasi yozga qoldirildi - tomonlar iyun oyida muzokaralarni boshlaydi, deb yozadi Marca. "Ko'k-anorranglilar" Inyakining qolishini istaydi. Klub bu mavsumdagi saboqni hisobga oldi va tarkibda ikkita zaxira darvozaboni bo'lishi kerakligini tushundi - asosiy darvozabon roli Mark-Andre ter Shtegenda qoladi. Kataloniyaliklarning fikricha, Ander Astralaga va Diego Kochen hali bu darajada o'ynashga tayyor emas.
Futbolchining o'z pozitsiyasi hozircha noma'lum.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o'rin olgan "Atletik"ka (2:0) qarshi o'yin oldidan Penya jamoa mashg'ulotiga kechikib kelgani sababli kataloniyaliklar asosiy tarkibida Voytsex Shensni maydonga tushgandi. Inyaki keyinchalik yana bir nechta o'yin o'tkazdi, ammo 18 yanvardan beri maydonga tushmadi.