"Barselona" Andrey Ratsiuga qiziqish bildirmoqda.
Cadena SER nashrining ta'kidlashicha, kataloniyaliklar "Rayo Valekano" himoyachisini diqqat bilan kuzatmoqda va hatto uning vakillari bilan bog'langan. Futbolchining o'zi "ko'k-anorranglilar"ga yoqib qolganidan xursand.
Qayd etilishicha, "Barselona" sport direktori Dek ruminiyalik futbolchini anchadan buyon kuzatib kelmoqda, bosh murabbiy Xans-Diter Flik esa 26 yoshli futbolchini sotib olish zarurligiga hali ishonmayapti.
Ratsiuning shartnomasida 25 mln evro miqdorida tovon puli ko'zda tutilgan, ammo "Barselona" futbolchilaridan birini shartnomaga qo'shish orqali summani kamaytirish mumkinligi istisno etilmagan.
Shuningdek, himoyachiga boshqa Ispaniya va xorij jamoalari ham da'vogarlik qilmoqda.
Andrey bu mavsumda La Ligada 24 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi.
O'qildi: 194 - Fikirlar: 0
O'qildi: 70 - Fikirlar: 0