
Shanba kuni Ispaniya Kubogi finali bo'lib o'tdi va unda «Real Sosedad» penaltilar seriyasida «Atletiko» ustidan g'alaba qozondi. «Matraschilar» o'yin davomida ikki bor hisobni tenglashtirib, bahsni qo'shimcha bo'limlarga qadar olib borishdi, biroq ekstra-taymlarda gol urilmadi (2:2). O'n bir metrli zarbalarni esa basklar jamoasi aniqroq amalga oshirdi (4:3).
Final uchrashuvi yakunlanganidan so'ng ko'p o'tmay, «Barselona» va Madridning «Real» klublari o'zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali «Real Sosedad»ni tabriklashdi.
"Real Sosedad"ni Ispaniya Kubogidagi g'alaba bilan qutlaymiz», — deb yozdi «ko'k-anorranglilar» matbuot xizmati.
"Real Sosedad"ni va klub muxlislarini qo'lga kiritilgan Kubok bilan tabriklaymiz», — deya g'oliblarga yuzlandi «qaymoqranglilar» vakillari.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» turnirning yarim finalida «Atletiko»ga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etgan edi. Madridning «Real» klubi esa hali 1/8 final bosqichidayoq «Albasete»dan mag'lub bo'lib, ishtirokini yakunlagan.
O'qildi: 150048 - Fikirlar: 0





420