Levandovski: "Odamlar mening yoshim haqida gapirishmoqda, men bo'lsam yuqori saviyada o'ynashda davom etmoqchiman"
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski faoliyati va yoshi haqida gapirdi.
"Odamlar mening yoshim haqida gapirishadi, lekin men har doimgidek astoydil ishlayotganimni bilaman. Yana bir necha yil yuqori saviyada o'ynamoqchiman. O'zimni jismonan juda yaxshi his qilyapman. Statistik ma'lumotlarimga ko'ra, bir necha yil oldingi holat bilan hozir o'rtasida hech qanday farq yo'q", - dedi Levandovski.
Joriy mavsumda 36 yoshli polshalik hujumchi 42 ta o'yinda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Robert Levandovskining shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi.
Eslatib o'tamiz, bugun Levandovski "Jirona"ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (300/+0)
Yangiliklar (33159/+15)
UzFIFA Yangiliklari (17.05.2025)
Futbol TV Yangiliklari (17.05.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1776)
Eng ko'p o'qilgan
12-May
05:50
14-May
08:10
11-May
08:00
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)