Londonning ikki klubi yozda "Barselona"ga yarim himoyachi Mark Kasado bo'yicha taklif yuboradi.

El Nacional xabariga ko'ra, "Arsenal" va "Chelsi" 22 yoshli tayanch futbolchisini qo'lga kiritish uchun 35-40 million evrolik taklif tayyorlamoqda.

Hozirda Kasado jarohatini davolash bilan band. U mavsum so'nggidagi bir necha o'yinda ishtirok etishi mumkin.