"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik La Liganing 30-turidan o'rin olgan "Betis"ga qarshi o'yin oldidan fikr bildirdi.
"Bu juda og'ir o'yin bo'ladi. O'ylaymanki, buni o'z uyimizdagi kubok bahsimiz chog'ida ham ko'rgansiz. Biz o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak. So'nggi o'yindan so'ng futbolchilar o'rtasida jismoniy mehnatni to'g'ri taqsimlashimiz kerak.
Biz himoyada ancha yaxshi o'ynay boshladik, lekin muhimi, to'p bilan qanday ishlashimiz. Biz juda yaxshi o'ynayapmiz va bir xil ruhda davom etishimiz kerak. Hozir to'liq e'tiborimizni bu o'yinga jamlaganmiz, shuning uchun o'z o'yinimizni eng yaxshi natijaga erishishga ishonamiz", dedi Flik.
Eslatib o'tamiz, “Barselona” 66 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0