"Barselona" hujumchisi Ansu Fati klubini o'zgartirish haqida jiddiy o'ylamoqda.
"Ko'k-anorranglilar" qishdayoq futbolchi bilan xayrlashishga tayyor edi, ammo u qolishga qaror qildi. Vaziyat o'zgarmadi: hujumchi uch oydan beri maydonga tushmayapti. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Fati "Barselona" va bosh murabbiy Xans-Diter Flikdan butunlay ko'ngli qolgan. 22 yoshli ispaniyalik o'ziga nisbatan adolatsizlik qilinayotganini his qilmoqda: u mashg'ulotlarda o'zini yorqin namoyon qilmoqda, ammo klub ijtimoiy tarmoqlarida ham uning sa'y-harakatlari boshqa futbolchilarning muvaffaqiyatlari kabi yoritilmayapti.
Qayd etilishicha, Fati "ruhan sindirilgan." U o'ziga ishongan jamoada o'ynashni istaydi va shuning uchun kelasi yozda ketish haqida o'ylamoqda.
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0