Nufuzli Goal portali mutaxassislari XXI asrning eng yaxshi hujumkor uchliklari reytingni tuzishdi.Reytingda birinchi o'rinni “Barselona”da bir paytlar to'p surgan hujumkor uchlik — Lionel Messi, Luis Suares va Neymar egalladi. Ikkinchi o'rinda “Real”ning sobiq hujumkor uchligi — Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl va Karim Benzema joy oldi. Uchinchi o'rinda yana bir “Barselona”ning sobiq hujumkor uchligi — Lionel Messi, Terri Anri va Samyuel Eto’O qayd etilgan. To'rtinchi o'rinda esa “Manchester Yunayted” safida to'p surgan Krishtianu Ronaldu, Ueyn Runi va Karlos Tevesdan iborat uchlik joylashgan. Beshinchi o'rinda esa “Liverpul”ning hujumkor uchligi — Muhammad Saloh, Sadio Mane va Roberto Firmino qayd etilgan.1. Lionel Messi — Luis Suares — Neymar ("Barselona")2. Krishtianu Ronaldu — Garet Beyl — Karim Benzema ("Real Madrid")3. Lionel Messi — Terri Anri — Samyuel Eto’O ("Barselona")4. Krishtianu Ronaldu — Ueyn Runi — Karlos Teves ("Manchester Yunayted")5. Muhammad Saloh — Sadio Mane — Roberto Firmino ("Liverpul").
O'qildi: 125 - Fikirlar: 0