"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Atletik" vingeri Niko Uilyams transferi masalasida o'z pozitsiyasini ma'lum qildi.
Kataloniya grandi o'tgan yozdayoq futbolchini o'z safiga qo'shib olishga uringan, ammo o'shanda ham kelishuvni muvaffaqiyatli yakunlay olmagan edi. Yaqinlashib kelayotgan transferlar davrida Uilyams uchun Evropaning top-klublari o'rtasida kurash avj olishi kutilmoqda va yana "Barselona" da'vogarlar qatoridan joy olmoqda. Diario Sport nashrining yangilangan ma'lumotiga ko'ra, Flik "Atletik"ning 22 yoshli yulduzi bilan muzokaralarni qayta boshlashga rozilik bergan. Tez orada klub futbolchi bilan aloqaga chiqadi.
Niko Uilyamsning shartnomasida tovon puli ko'rsatilgan - taxminan 60 mln evro. Ispaniyalik futbolchiga "Bavariya" va "Arsenal" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
O'qildi: 126 - Fikirlar: 0