Ispaniyaning “Barselona” klubi UEFA Chempionlar ligasining birinchi chorak final uchrashuvida Germaniyaning “Borussiya Dortmund” klubini qabul qildi. Polshalik hujumchi Robert Levandovski ilk daqiqalardanoq “blaugrana” safida maydonga tushdi. Bu o'yin forvard uchun asosiy evrokubok turniridagi 131-o'yin bo'ldi.
Bu Robert Levandovskini Chempionlar ligasida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilardan biriga aylantirib, 130 ta o'yin o'tkazgan "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Andres Inestani ortda qoldirdi.
Chempionlar ligasida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar:
1. Krishtianu Ronaldu — 183 («Manchester Yunayted» — 59, «Real» — 101, «Yuventus» — 23)2. Iker Kasilyas — 177 («Real» — 150, «Portu» — 27)3. Lionel Messi — 163 («Barselona» — 149, «PSJ» — 13)4. Tomas Myuller — 162 («Bavariya»)5. Karim Benzema — 152 («Lion» — 19, «Real» — 133)6. Toni Kroos — 151 («Bavariya» — 41, «Real» — 110)6. Xavi — 151 («Barselona»)7. Manuel Noyer — 150 («Shalke» — 22, «Bavariya» — 128)8 Raul Gonsales — 142 («Real» — 130, «Shalke» — 12)8. Serxio Ramos — 142 («Real» — 129, «PSJ» — 8, «Sevilya» — 5)9. Rayan Giggz — 141 («Manchester Yunayted»)9. Luka Modrich — 141 («Tottenxem» — 8, «Real» — 133)10. Robert Levandovski — 131 («Borussiya» Dortmund — 28, «Bavariya» — 78, «Barselona» — 25)