"Liverpul"ning kolumbiyalik vingeri Luis Dias hamon kataloniyaliklar safiga o'tishdan ancha uzoqda.
Avval xabar berganimizdek, Dias bir necha mavsumdan buyon "Barsa"ning transfer maqsadlaridan o'rin olgan bo'lsa-da, futbolchining 75 million evrolik narxi klubni cho'chitmoqda. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, "Liverpul" ushbu summani pasaytirmoqchi emas, chunki futbolchiga Saudiya Arabistoni klublari da'vogarlik qilmoqda.
Diasni "An-Nasr" va "Al-Ahli"da o'z saflarida ko'rishni istashadi, deb yozadi Football Espana. Hozirgi vaziyat "Barsa" vakillarining yana bir bor "Atletik" safida to'p tepayotgan Niko Uilyams bilan kelishishga urinishiga sabab bo'lishi mumkin.
Luis Dias bu mavsumda APLda 30 ta o'yinda 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O'qildi: 71 - Fikirlar: 0