"Barselona" yana o'ng qanot himoyachisi qidirishni boshladi. “Ko'k-anorranglilar” rahbariyati Jyul Kunde markaziy himoyachi pozitsiyasiga qaytishi uchun himoyaning o'ng qanotini kuchaytirish niyatida. "Barselona" sport direktori Deku allaqachon o'ng qanot himoyachisi lavozimiga asosiy nomzodlar ro'yxatini tuzgan.
Kataloniyaliklarning asosiy maqsadi “Monako” himoyachisi Vanderson. Braziliyalik futbolchini bir necha oydan beri kuzatib borishadi. Biroq uni qo'lga kiritish oson bo'lmaydi. Klub Vandersonni 30 million evrodan kamiga qo'yib yuborish niyatida emas. "Barselona" qo'shimcha bonuslar orqali bu miqdorni kamaytirishga harakat qiladi.
So'nggi haftalarda "blaugrana" boshqa variantga ega bo'ldi: "Borussiya Dortmund" himoyachisi Yan Kouto. Yosh braziliyalik o'tgan yozda nemis klubi bilan 25 million evro evaziga shartnoma imzolagandi, biroq u erda etarlicha vaqt topa olmayapti.
Dekuga taqdim etilgan uchinchi variant - "Rayo Valekano" himoyachisi Andrey Ratiu. Ruminiyalik futbolchi o'zini La Ligadagi eng barqaror himoyachilardan biri sifatida ko'rsatdi. Uning Ispaniya chempionatini bilishi va arzonligi uni jozibador variantga aylantiradi.