"Bavariya" Ronald Arauxoga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Himoyachi yaqinda "Barselona" bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirdi, uning tovon puli 1 iyuldan 15 iyulga qadar qisqartirildi. Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, u 65 million evroni tashkil qiladi.
Diario Sport nashri xabariga ko'ra, "Bavariya" urugvaylik futbolchining transferini jiddiy o'ylamoqda. Myunxen klubi murabbiylar shtabi va sport rahbariyati himoya chizig'ini sifat jihatidan qayta qurish niyatida.
Hammasi Kim Min Chjening ketishiga bog'liq bo'ladi. Janubiy koreyalik futbolchiga “Yuventus”, “Chelsi” va “Nyukasl” klublari qiziqish bildirmoqda. "Bavariya" u bilan xayrlashishga va olingan daromadni yangi himoyachi sotib olishga sarflashga tayyor.
“Chelsi” va “Yuventus” ham Arauxoga qiziqmoqda. Muqobil variant sifatida myunxenliklar Jonatan Ta va Din Xeysen variantini ko'rib chiqmoqda.